Professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi
Yangi o‘quv yilidan texnikumlar bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Toshkent shahar
Tashkent, Taras Shevchenko str., 1
O'rta maxsus ta'lim muassasalari
Bundan tashqari, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro‘yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi. Kasb-hunar maktablarida maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi. Ta’lim olayotgan o‘quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (202730 so‘m) oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
Kollejlarda kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
Rasmiy sahifa