05 Сентябрь 2017
“Атлас байрами”

Joriy yilning 12 -16 sentyabirda Marg'ilonda an'anaviy to'qimachilik uchinchi festivali "Atlas bayrami" bo'lib o'tadi. Festival Farg’ona viloyat hakimiyati va Marg'ilon shahri hakimiyati, Margilondagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, YUNESKOning O'zbekistondagi Vakolathonasi, O'zbekistonning YUNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiyasi, O'zbekiston Madaniyat Vazirliogi, "Hunarmand" associaciyasi, O'zbekistondagi DVV International vakolathonasi, O'zbekiston oshpazlar uyushmasi hamkorlogida, O'zbekistoin turizmni rivojlantirish qo'mitasi, hamda Ucell uyali aloqa operatori ko'magida tashkil etilmoqda.Uchunchi festivalning dastuiri an'anaviy kashtado'zlik, kigiz to’qimachiligi , an'anaviy to'qimachilik qo’llanilgan moda dizayni, shuningdek, hunarmandchilik sohasida moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik bo’yicha 12-14 sentyabr kunlari yosh hunarmandlar uchun amaliy mashg'ulotlar bilan boshlanadi, 15 va 16 sentyabr kunlari quyidagi tadbirlar o'tkaziladi:
An'anaviy hunarmandchilikni saqlash, ommalashtirish va rivojlantirish butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhimdir. Shu munosabat bilan ushbu festival o'z geografik chegaralarini kengaytirgan: Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston vakillari festivalda ishtirok etishadi. Ushbu mamlakatlarning ustalari, rassomlari va mutaxassislarining ishtiroki festivalni boyitadi, ishtirokchilar o'rtasida tajriba almashish imkoniyatini beradi, hamda madaniyat orqali Markaziy Osiyoda ushbu yo’nalishdagi hamkorlik rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Festivalda mintaqaning turli an'analari, uslublari, dizaynlari, texnologiyalari va g'oyalari bilan tanishishga keng imkoniyat yaratiladi, shu bilan birga mutaxassislar o’z bilimlari bilan keng jamoachilik bilan o'rtoqlashadilar.
"Atlas Bajrami" Festivalining asosiy maqsadi - O'zbekiston boy nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish va targ'ib qilish, hamda O’zbekistonda an'anaviy hunarmandchilikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan . Shuningdek festival an'anaviy mahsulotlar dizayni va sifatini takomillashtirish, hamda mintaqa bilan yaqin tanishish uchun sayyohlarini jalb etishga o'z hissasini qo'shadi. Bundan tashqari, festival, yoshlar va ayollarga an'anaviy hunarmandchilik sohasida yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birga aholining iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini takomillashtirishga yana bir imkoniyat yaratadi .

·         Vaqt kontekstida Markaziy Osiyo xalqlari an'anaviy to'qimachiligi Xalqaro ilmiy konferensiyasi:

·         Markaziy Osiyo to'qimachilari olami: XXI asr an'anaviy to'qimachilik ko'rgazmasi;

·         An'anaviy to'qimachilik hunarmandlar yarmarkasi;

·         An'anaviy to'qimachilik elementlari qo’llanilgan Defile/ moda namoyishlari;

·         .Xalq sayillari, xalq musiqa guruhlarining chiqishlari, darbozchilar tomoshasi, "devzira" nomli palav musobaqasi, an'anaviy kurash , hamda qo'g'irchoq teatr tomoshalari

 

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06