12 Июнь 2017
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari asosida yaratilgan, opera –balet premyerasi

28 may – 8 iyun, 2017 yil, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatrida premyera kunlari. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari asosida yaratilgan, opera –balet premyerasi bo‘lib o‘tdi. 

Kompozitor: Mustafo Bafoyev

Libretto kompozitsiyasi muallifi: Sultonmurod Olimov, A.Navoiyning “Xamsa” asari  asosida.

Buyuk shoirimiz Alisher Navoiy, o‘zbek adabiyoti va adabiy o‘zbek tilining asoschisidir, shu bilan bir qatorda o‘z davrining yorqin davlat arboblaridan biri. Shuni ham aytish joizki, Navoiyning qalamiga - beshta qo‘lyozma devonlari (she’rlar to'plami), ulardan to'rttasi o‘zbek tilida (umumiy nomi “Xazoin-ul maoniy”) va yana bir devon fors tilida yaratilgan, oltita epik poema, hamda bir to'plam ilmiy va didaktik proza usulida yaratilgan ishlar mansubdir. 
1483 yildan Alisher Navoiy o‘zining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishib, uni uch yil davomida tugalladi. Besh dostonni o‘z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo‘lib, Navoiyning barcha she’riy merosini deyarli yarimini tashkil qiladi. “Xamsa” –Alisher Navoiy ijodining qalbidir. Shoir o‘z “Xamsa”siga kiritgan dostonlarida o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan muammolarni qo‘ydi, mutafakkir sifatida ilg‘or qarashlarni ilgari surdi, o‘zbek tilining qudratini olamga namoyish etdi.
Opera beshta qismdan iborat bo‘lib, har bir qism “Xamsa” ga moslashgan holda yaratilgan.
1.    “Hayrat-ul Abror”
2.    “Farhod va Shirin”
3.    “Layli va Majnun”
4.    “Sabbai' sayyor”
5.    “Saddi Iskandariy”

 

Охирги янгиланиш: 15.10.2018 | 11:56