12 Июнь 2017
“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” tashabbusi muvaffaqiyatli davom etmoqda

Madaniyat vazirligi tashabbusi, hamda qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari joriy yilning 8 iyun kuni Buxoro viloyatining 4 ta Olot, Qorako‘l, Kogon, Peshku tumanlaridagi 5 ta umumta’lim maktablarida, 8 ta kasb-hunar kollejlarida, 3 ta musiqa va san’at maktablarida (Peshku tumanidagi 13-sonli, Olot tumanidagi 15-sonli, Qorako‘l tumanidagi 16-sonli musiqa va san’at maktablari), 2 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari (Olot tumanidagi 16-sonli, Peshku tumanidagi 19-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi), 1 ta madaniyat va aholi dam olish markazida (Kogon madaniyat va aholi dam olish markazi) 1 ta harbiy qismda (Qorako‘l tumanidagi 85“N” harbiy qism )da yuqori saviyada o‘tkazildi.
Jo‘shqinlik bilan davom etayotgan targ‘ibot tadbirlari shukuhi Milliy armiyamiz Qurolli Kuchlari safida matonat bilan xizmat burchini o‘tayotgan askar o‘g‘lonlarimiz qalbiga ham qaynoqlik bag‘ishladi.
N-harbiy qismda tashkil etilgan tantana Qurolli kuchlar tizimidagi islohotlar, milliy armiyamizning salohiyati aks ettirilgan ko‘rgazmalar bilan boyitildi. 
Shuningdek, bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, diniy ekstremistik xunrezliklar, ularning ortida turgan kuchlar va ularning g‘arazli maqsadlarini ochib berishga qaratilgan qisqa metrajli film namoyishi to‘planganlarga yanada sergaklik bag‘ishladi.
-Jo‘shqinlik bilan davom etayotgan targ‘ibot tadbirlari shukuhi Milliy armiyamiz Qurolli Kuchlari safida matonat bilan xizmat burchini o‘tayotgan askar o‘g‘lonlarimiz qalbiga ham qaynoqlik bag‘ishladi. Shuningdek, bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, diniy ekstremistik xunrezliklar, ularning ortida turgan kuchlar va ularning g‘arazli maqsadlarini ochib berishga qaratilgan qisqa metrajli film namoyishi, to‘planganlarga yanada sergaklik bag‘ishladi. Men Qurolli kuchlar safida xizmat qilish barobarida shunday betakror festival va madaniy-ma’naviy tadbirlardan ham o‘zgacha quvvat olayotganimdan behad mamnunman. Ayniqsa, el nazaridagi ijod va san’at ahlining O‘zbekistonimiz tinchligi va xavfsizligi, osoyishtaligi va barqarorligi yo‘lida ko‘rsatayotgan ezgu harakatini matonat, deb baholash mumkin.  Bu borada ularning har bir soha, har bir tizimga kirib borib, xalq va davlat tashkilotlari o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratayotgan tashkilotchilarga ham o‘z minnatdorligimizni bildiramiz-deydi andijonlik askar Mirolim Davlatxo‘jaev.
Mazkur tadbirlarda 60 nafardan ziyod taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar va estrada xonandalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, tadbirlarga jami 12 700 nafar o‘quvchi yoshlar hamda aholi vakillarining ishtiroki ta’minlandi. Shundan, 3900 nafar umumta’lim maktablari o‘quvchilari, 4600 nafar kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari,  1100 nafar musiqa maktabi o‘quvchilari va 3100 nafar uyushmagan aholi jalb etildi.

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06