27 Июнь 2017
Targ‘ibotchilar 57 yil san’atkor bormagan  qishloqda mehmon bo‘ldilar.

       O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari, reja asosida joriy yilning 19-23 iyun kunlari Namangan viloyatining 1 ta shahar, 11 ta tumanlaridagi 73 ta xududlarda yuqori saviyada tashkil etildi. 

          Mazkur tadbirlarda 50 nafardan ziyod taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar va estrada xonandalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, tadbirlarga jami 61 660 nafar ushmagan aholi vakillari hamda yoshlar, shundan, 19 955 nafar kasb-xunar kolleji o‘quvchilari, 1 800 nafar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, 39 905 nafar madaniyat va aholi dam olish markazlari, markaziy o‘yingohlar, madaniyat va san’at muassasalari, istirohat bog‘larida uyushmagan aholi vakillarining ishtiroki ta’minlandi.
         Namangan viloyatida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlariga jalb etilgan ishtirokchilarning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan jihati, diniy fon yuqori bo‘lgan aholi va shu qatlamdagi oilada tarbiyalanayotgan yoshlarni targ‘ibot tadbirlariga keng jalb etish bo‘yicha maxsus ishlar olib borildi, natijada ularning fikri bilan o‘rtoqlashildi va maslahatlar berildi.
          Targ‘ibotchilar guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hoshim Arslonov, Ra’no Yarasheva, Mehriddin Rahmatov, Alisher Fayz tadbirga yig‘ilgan aholi vakillari bilan yuzma-yuz ochiq muloqotlar o‘tkazdilar va istiqlol yillarida yurtimizda erishilgan muvaffaqiyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi hamda yosh avlod kamoloti yo‘lida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdilar hamda o‘zlarining sahna ko‘rinishlari va kuy qo‘shiqlari orqali yig‘ilganlarning kayfiyatlarini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldilar.
Targ‘ibotchilar salbiy holatlar yuqori bo‘lgan hududlarda, jumladan, Namangan shahridagi “Sharshara”, “Sumalak”, “Gulbog‘”, Uychi tumanidagi “Yorkatay”, “Jiydakapa” mahallalarida, shuningdek, chekka chegaradosh bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chust, Kosonsoy tumanlariga tashrif buyurib o‘zlariga berilgan vazifani ko‘ngildagidek bajarganliklari bois, aholi vakillarining ko‘zlarida Vatanga bo‘lgan muhabbat, shukronalik hissi, mustaqil yurtimizning kelajagiga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanganligi aks etganiga guvoh bo‘ldilar.
        Tadbirlar davomida viloyatning aholi soni ko‘p bo‘lgan ayrim chekka xududlarida aksariyat aholi vakillarini ayollar tashkil etdi. Sababi, mazkur hududda istiqomat qiluvchi erkaklar chet davlatlarga ishlagani ketganligidir va aynan mezbon aholi uchun targ‘ibotchilarimiz o‘zimizning yurtimizda ham mehnat uchun barcha shart-sharoitlarning mavjudligi, hayotimiz farovonligi haqida gapirib, hayotiy misollar bilan tushunchalar berildi. Misol tariqasida shoir Bobur Bobomurod, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoeva, Maqsuda Otajonova, teatr va kino aktyorlari Sobir Otajonov Anjelika Yesimbetova, Egamberdi Rahimov, Nargiza Abdullaeva, Shavkat Komilovlar xalq bilan jonli va samimiy muloqotda bo‘lganlaridan so‘ng xorijga ishga ketishga hozirlik ko‘rayotgan yoshlarni yoki yaqinlari chet davlatda mehnat qilayotgan aholini ertangi kunga bo‘lgan umidi, ishonchi yanada mustahkamlanishiga sababchi bo‘ldilar. 
        Tadbir davomida targ‘ibotchilar, so‘nggi bora 1960 yilda san’atkor tashrif buyurgan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chekka qishloqda mehmon bo‘ldilar. Tadbirga yig‘ilgan aholi vakillari quvonchlari ko‘zlaridan namoyon bo‘ldi hamda aholi va yoshlar orasidan vakillar so‘zga chiqib tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik izhor etdilar. Mazkur qishloqdagi targ‘ibot tadbiri katta bayramga aylanib ketdi. 
        Mazkur targ‘ibot tadbirlari mehnatga, ta’limga jalb qilinmagan yoshlarni yanada vatanparvar va mehnatkash, shuningdek, bilim olib, yurti uchun foydasi tegadigan fidoiy inson bo‘lishga chorlov vazifasini bajardi.
        Targ‘ibot tadbirlari o‘z navbatida estrada xonandalarining internetdagi “instagram”, “facebook”, ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifalarida onlayn ravishda yoritilib, 80 ming nafardan ziyod o‘quvchilarni qamrab olgan.

 

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06