12 Июнь 2017
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

Mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi faoliyati uchun o‘zgacha ruh va kayfiyat bag‘ishladi. Istiqlol davrida muzeyda bir necha marta ta’mirlash ishlari olib borildi. Muzey ekspozitsiyasi yangilanib, qiziqarli ashyo va kolleksiyalarlar bilan boyitilib kelinmoqda. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi Markaziy Osiyoning eng yirik muzeylaridan biri bo‘lib, u 1918 yil tashkil etilgan.

Muzey O‘zbekiston xalq amaliy san’ati, O‘zbekiston tasviriy san’ati, Rossiya va G‘arbiy Yevropa san’ati va Sharq mamlakatlari san’ati bo‘limlaridan iborat. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasi asosan shu to‘rtta bo‘limning ashyo va kolleksiyalarlaridan tashkil etilgan.

Muzeyning Ekspozitsiya maydoni 5,400 kvadrat metr: Ekspozitsiya muzeyning foye qismida va birinchi, ikkinchi, uchinchi qavatlardagi 52 ta zallarida namoyish etib berilgan.

 

 

 

Охирги янгиланиш: 16.10.2018 | 18:22