12 Июнь 2017
Targ‘ibotchilar Buxorodan Farg‘onaga yo‘l oldilar

Ko‘xna va boqiy Buxoroyi sharifda besh kun davomida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirlari go‘zal va betakror taassurotlarga boy bo‘ldi.
Joriy yilning 6-10 iyun kunlari davomida Buxoro viloyatining 2 ta shahar va 11 ta tumanlarida jumladan, Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon tumanlaridagi 14 ta umumta’lim maktablarida, 25 ta kasb-hunar kollejlarida, 6 ta musiqa va san’at maktablari (Kogon shahridagi 2-son, Peshku tumanidagi 13-son, Olot tumanidagi 15-son, Qorako‘l tumanidagi 16-son, G‘ijduvon tumanidagi
 10-son, Qorovulbozor tumanidagi 18-sonli musiqa va san’at maktablari)da, 2 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari (Olot tumanidagi 16-sonli, Peshku tumanidagi 19-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi)da 3 ta o‘yingoh (Kogon shahridagi yoshlik, G‘ijduvon tumanidagi Navro‘z, Vobkent tumanidagi yoshlik o‘yingohi)da, 7 ta madaniyat va aholi dam olish markazida, 2 ta harbiy qismda (Buxoro shahridagi 28803-sonli, Qorako‘l tumanidagi 85“N” harbiy qismlar), 1 ta Madaniyat saroyida (Qorovulbozor tuman Neftchilar madaniyat saroyi), 2 ta hokimlik binosi (Kogon shahar, Romitan tuman hokimliklari)da hamda Buxoro shahridagi “Boqiy Buxoro” yozgi amfiteatrida yuqori saviyada o‘tkazildi.
 Amfiteatrda tashkil etilgan gala-konsert 2500 dan ziyod tomoshabinlarni o‘z bag‘riga chorladi. Diltortar navolar, dilbar raqslar va jozibali kuy-qo‘shiqlar barchaga zavq-shavq bag‘ishladi. 
Mazkur tadbirlarda 60 nafardan ziyod taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar va estrada xonandalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, tadbirlarga jami 43 890 nafar o‘quvchi yoshlar hamda aholi vakillarining ishtiroki ta’minlandi. Shundan, 10 540 nafar umumta’lim maktablari o‘quvchilari, 13 750 nafar kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, 2070 nafar musiqa maktabi o‘quvchilari, 1500 nafar harbiy qism xizmatchilari va 16 030 nafar uyushmagan aholi jalb etildi.
Ustoz adiblar va taniqli sanatkorlar tomonidan tarannum etilgan O‘zbekistonimizni madh etuvchi she’ru g‘azal, ezgu tilaklar xalqimizning bir tanu bir jon bo‘lib, buyuk kelajagimizni birga qurishga shay ekanligini yana bir karra isbotladi.
Targ‘ibot tadbirlari 12 iyundan Farg‘ona viloyatida boshlandi.

 

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06