16 Июнь 2017
Madaniyat va san’at kollejlari, hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylar yosh ijrochilarining Respublika tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 mart “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 157-sonli hamda 2008 yil 13 oktyabr “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qarorlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat, san’at va musiqa kollejlari,  hamda akademik litsey yosh ijrochilarining Respublika tanlovi 2017 yil 7-15 iyun kunlari o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda, hozirgi kungacha qatnashgan 12000 nafarga yaqin ishtirokchilarning, 1272 nafari tanlov lauretlari bo‘lishdi, ulardan aksariyati bugungi kunda davlatimizning yuqori darajadagi mukofotlariga ega bo‘lishdi, shu bilan bir qatorda, xalqaro maydonda mashhur san’atkor, nufuzli qo‘shiqchi va bastakor, xizmat ko‘rsatgan va xalq artistlari bo‘lib yetishganlar.
2017 yilgi Respublika tanlovi Madaniyat vazirligining 2017 yil 1 iyundagi “Madaniyat va san’at kollejlari, hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari yosh ijrochilarining Respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida” 291–sonli buyrug‘iga ko‘ra tashkil etildi.
2017 yil Respublika tanlovida musiqa, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarining 584 nafar yosh ijrochilari qatnashdi. Jami ishtirokchilar soni (o‘qituvchilar va o‘quvchilar) 715 nafarni tashkil etdi (Toshkent shahri va viloyatlar).
Tanlov 12 ta (Fortepiano, Estrada ijrochiligi, Xalq cholg‘ulari, Torli cholg‘ular, Damli va zarbli cholg‘ular, Akademik xonandalik, Estrada xonandaligi, An’anaviy cholg‘u ijrochiligi, An’anaviy xonandalik, Xoreografiya san’ati, Teatr san’ati, Folklor ijrochiligi) musiqiy yo‘nalishlarda tashkil etildi. Bunda o‘quvchilarning musiqa sohasidagi qobiliyatlari, ijodkorlik namunalari, xamda mahoratli ijrochiligi hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.   
“Madaniyat va san’at kollejlari, hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari yosh ijrochilarining” Respublika tanlovining ochilish marosimi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta yig‘ilishlar zalida, 2017 yil 7 iyun soat 10:00 da o‘tkazildi. Yopilish va taqdirlash marosimi ham aynan o‘sha muassasada, 2 kun davomida – 13 va 15 iyun kunlari o‘tkazildi.
13 iyun kuni 9 ta: Fortepiano, Torli cholg‘ular, Damli va zarbli cholg‘ular, Estrada ijrochiligi, Xoreografiya, Estrada xonandalik, An’anaviy xonandalik, Akademik xonandalik, Folklor yo‘nalishlarida tanlov yopilish marosimi o‘tkazildi.  
15 iyun kuni o‘tkazilgan tanlovning yopilish marosimida 3 ta: Xalq cholg‘ulari, An’anaviy ijrochilik va Teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha taqdirlash jarayoni o‘tkazildi. 
Jami bo‘lib, joriy yilning 7-15 iyun kunlari o‘tkazilgan respublika  tanlovining 12 yo‘nalishida 200 nafardan ortiq o‘quvchi 1-darajali, 2-darajali va 3-darajali diplomlarni qo‘lga kiritdilar.  
 

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06