16 Июнь 2017
I.SAVITSKIY NOMIDAGI DAVLAT SAN’AT MUZEYI EKSPONATLARI O‘ZBEKISTONGA QAYTDI

Joriy yilning 9, 11, 14 iyun kunlari, "O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Moskva-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha maxsus reyslarni amalga oshirdi. "I.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi" eksponatlari, Madaniyat vazirligi xodimlari boshchiligida qaytib olib kelindi. Joriy yilning 7 aprel-30 may kunlari "A.Pushkin nomidagi tasviriy san’at Davlat muzeyi"da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi 250 dan ortiq tasviriy va amaliy san’at namunalari, arxeologik buyumlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma eksponatlari Nukusdan Moskvaga va teskari yo‘nalish bo‘ylab "O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK reyslari orqali olib borildi. 

       "Nukus Xazinasi" ko‘rgazma eksponatlari, muzeyning asosiy binosida namoyish etilgan bo‘lib, ko‘rgazmaga 80 000 ga yaqin tomoshabin tashrif buyurdi. Shu bilan bir qatorda, Ommaviy axborot vositalari orqali izchil yoritilgan bu hodisa, san’at dunyosida katta muvaffaqiyatga sazovor bo‘ldi.

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06