19 Июнь 2017
“BUYUK KELAJAGIMIZNI MARD VA OLIJANOB XALQIMIZ BILAN BIRGA QURAMIZ!” TADBIRLARI MUVAFAQQIYATLI DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 12-16 iyun kunlari Farg‘ona viloyatining 4 ta shahar va 14 ta tumanlarida jumladan, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlarida, Beshariq, O‘zbekiston, Furqat, Dang‘ara, Uchko‘prik, Buvayda, Bog‘dod, Rishton, Oltiariq, Qo‘shtepa, Yozyovon, Quva, Toshloq, Farg‘ona tumanlaridagi 90 ta xududida, shundan, 19 ta umumta’lim maktablarida, 19 ta kasb-xunar kollejlarida, 9 ta bolalar musiqa va san’at maktablari 
(5-6-9-12-13-19-27-28-29-sonli musiqa va san’at maktablari, 5 ta madaniyat va istirohat bog‘larida (O‘zbekiston tumani A.Navoiy, Furqat tumani “Yoshlik” oromgohi, Farg‘ona tumani “Chinor tagi”, Quva tumani A.Navoiy, Yozyovon tumani madaniyat va istirohat bog‘larida), 14 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarida (Uchko‘prik tumani Kenagas, Buvayda tumani markaziy, Buvayda, Bog‘dod tumani markaziy, Qo‘shtegirmon, Rishton tumani markaziy, Oltiariq tumani Katput, Azimobod, Tinchlik, Qo‘shtepa tumani markaziy, Yozyovon tumani Qotortol, Marg‘ilon, Quvasoy shahar markaziy, Farg‘ona tumani Log‘on madaniyat va aholi dam olish markazlari), 1 ta Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida, 13 ta shahar tuman markaziy o‘yingohlarida (Qo‘qon, Quvasoy shahri, Beshariq, O‘zbekiston, Furqat Rishton, Oltiariq, Qo‘shtepa Toshloq, Dang‘ara, Uchko‘prik, Buvayda, Bog‘dod tumanlaridagi), 1 ta ziyoratgohda (Yozyovon tumani Qorasoqiy), 1 ta Quvasoy shahar Arsif dam olish maskanida, 1 ta Farg‘ona shahar Zobitlar uyida, 
1 ta Farg‘ona shahar “Bolajon” oromgohida, 2 ta Qirguli va Farog‘at mahalla guzarlarida, 1 ta “Humo” bolalar oromgohida, 1 ta Farg‘ona shahar Muruvvat uyida, 1 ta Sahovat uyida (Farg‘ona shahridagi), 1 ta Marg‘ilon shahar “Mehnat rohat” bolalar mehribonlik uyida hamda asosiy yakuniy qismi Farg‘ona shahridagi “Yoshlar madaniyat va sport markazi”da yuqori saviyada o‘tkazildi. 
Mazkur tadbirlarda 50 nafardan ziyod taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar va estrada xonandalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, tadbirlarga jami 82 528 nafar o‘quvchi yoshlar hamda aholi vakillarining ishtiroki ta’minlandi. Shundan, 10 240 nafar umumta’lim maktabi o‘quvchilari, 22 450 nafar kasb-xunar kolleji o‘quvchilari, 2 720 nafar bolalar musiqa va san’at maktablario‘quvchilari, 600 nafar xarbiy xizmatchilarga, 300 nafar Sahovat uyi, 300 nafar Muruvvat uyi, 200 nafar Marg‘ilon shahar “Mehnat roxat” bolalar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga hamda 45 718 nafar uyushmagan aholi vakillari jalb etildi.

Охирги янгиланиш: 17.11.2017 | 20:06