Прорабатываются проекты, направленные на увеличение количества туристов из Грузии.

20 Июл, 2023 - 01:37
496
Прорабатываются проекты, направленные на увеличение количества туристов из Грузии.

Отдел по связям с общественностью (информационная служба)

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari U.Azamov rahbarligidagi vazirlik delegatsiyasi Gruziyani istiqbolli turizm bozori sifatida o‘rganmoqda.

Tahlillar Gruziyada O‘zbekistonning turizm, madaniy meros obyektlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlarga ehtiyoj mavjudligi va Gruziyada targ‘ibot ishlarini kengaytirish zarurligini ko‘rsatdi.

Mazkur yo‘nalishda sifatli va maqsadli chora-tadbirlarni belgilash uchun vazirlik delegatsiyasi Gruziyaning yirik media kompaniyasi – “AlMA” vakillari bilan muzokara olib bordi.

Uchrashuv davomida ushbu media korxona O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini Gruziyaning avtobus, metro, aeroport bekatlari, aholi gavjum joylar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Vazirlik hozirda Gruziyadan tashrif buyurayotgan turistlar sonini oshirish maqsadida “AlMA” media korxonasi takliflarini ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, turistlar uchun transport-logistikani tashkil qilish maqsadida vazirning birinchi o‘rinbosari U.Azamov Gruziyadagi “My way airlines” boshqaruv rahbari Andi Lyu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bunda O‘zbekistonga muntazam va charter reyslarni tashkil qilish masalasi muhokama qilindi.

Aviakompaniya O‘zbekiston yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirish yuzasidan marketing ishlarini tashkil qilishi va mamlakatning mutasaddi tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishini bildirdi.

Министерство культуры Республики Узбекистан

Официальный веб-сайт



Свяжитесь с нами

Опишите найденную опечатку