Muqimiy davlat teatri

Muqimiy davlat teatri

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri

Tashkilot rahbari:

Toshkent shahri

Manzil:

Chilonzor tumani, Mahmudjon G‘ofurov ko‘chasi – 187 uy.

Kategoriya:

Teatrlar

Telefon raqami:

+998 (61) 222-25-56

1919 yili Turkiston Xalq Komissarlari Soveti Qaroriga muvofiq Karl Marks nomidagi teatr truppasi tashkil qilingan hamda bu truppa Kolizeyda (sobiq filarmoniya) joylashtirilgan bo‘lib, dramatik spektakllar hamda musiqali drama va komediyalar sahnalashtirilgan. O‘tgan asrning 20-yillarida Toshkent shahrining o‘zida uchta davlat musiqali dra ma teatri faoliyat ko‘rsatgan . O‘zbek Davlat musiqali teatri 1939 yili 14 iyulda Respublika o‘zbek musiqali komediya teatri nomi bilan tashkil qilingan. Bu teatrga Karl Marks truppasi, Toshkentdagi uchta musiqali drama teatrlarida hamda viloyatlardagi teatrlarda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtidorli aktyorlar jalb qilingan.

Karl Marks truppasining rejissyori M. Muhammedov sahnalashtirgan Hamzaning “Maysaraning ishi” musiqali komediyasi teatrning ilk spektakli hisoblanadi. Maysara rolini Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrining artisti, O‘zbekiston xalq artisti Mariya Kuznetsova ijro etgan. Spektaklga Karl Marks truppasidan taklif qilingan aktyorlarning barchasi yangi teatrga ishga olinganlar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash