Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri

Berdaq teatri

Tashkilot rahbari:

Nietullaev Asan Xojabaevich

Manzil:

Ernazar, Alakoz kuchasi 1 uy

Kategoriya:

Teatrlar

Telefon raqami:

+99861 224-06-57

Teatr 1926-yili “Tong nuri” truppasi nomi bilan tashkil etilib, Q.Avezovning “Tilak yoʻlida” asari bilan ilk marotaba oʻz pardasini ochadi.
1930-yili truppa Qoraqalpoq davlat teatri boʻlib tashkil qilindi.
1939-yildan teatr K.Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri deb nomlandi.
1989-yildan teatr Qoraqalpoq davlat musiqali teatri deb nomlandi.
1991-yildan teatrga xalqimizning buyuk badiiy soʻz ustasi, mumtoz adabiyotimiz dargʻalaridan biri Berdaq nomi berildi.
2017-yil fevral oyida teatrga “akademik teatr” maqomi berilib, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatri deb yuritila boshladi.
Teatr koʻp janrli hisoblanadi va unda opera, balet, musiqiy drama va dramatik asarlar sahnalashtiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash