O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari
Kasbiy tarix
1979-yil Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida tug‘ilgan.
2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi);
2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini marketing, biznes boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
MЕHNAT FAOLIYATI
1998 – 1999-yy. – “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi Neft va gaz konlari hamda qidiruv instituti katta laboranti, buxgalteri, 1-toifali texnigi
1999 – 2001-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliya boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi, 1-toifali mutaxassisi
2001 – 2004-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2004 – 2009-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi valyuta amaliyotlari sho‘basi boshlig‘i, valyuta amaliyotlari bo‘limi boshlig‘i, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i
2008 – 2009-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki Farg‘ona filiali boshlig‘i
2009 – 2010-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyot boshqarmasi boshlig‘i
2010 – 2016-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari
2016 – 2017-yy. – “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2017-y. – h.v. – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari