Ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

06 Mar, 2023 - 16:10
808
Ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2023-yil 19–20–21–22–23-mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy qilindi.

Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoni ijrosini bajarish maqsadida amalga oshirildi.

Xususan, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylarmehmonxonalarovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

“Uzbekistan Airways” AJ Respublika aholisi uchun 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom va bizness klass tariflariga 21 foiz chegirma e’lon qildi.

Aviachiptalarni "www.uzairways.com" sayti, “UzAirways” mobil ilovasi, "Uzbekistan Airways Sales" filiali orqali yoki aviakompaniya agentliklaridan xarid qilish mumkin.

Madaniy meros agentligi tomonidan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzey hamda direksiyalarning kirish chiptalariga 10 foiz chegirmalar e’lon qilindi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga qarashli va pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da 18–22-mart kunlari yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foizlik hamda yoshlar uchun 50 foizlik chegirmalar e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash