O‘zbek sirk ustalari “Oltin fil” mukofoti bilan taqdirlandi

10 Mar, 2023 - 10:13
597
O‘zbek sirk ustalari “Oltin fil” mukofoti bilan taqdirlandi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 2 – 7-mart kunlari Ispaniyaning Jirona shahrida “Oltin fil” xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda 20 davlatdan 75 nafar sirk sanʼati ustalari ishtirok etdi. Ular orasida yurtimiz shaʼnini Darina Matveyeva va Sanjar Hasanovlar himoya qildi.

Festivalda ustalar ko‘rsatgan yuksak mahorati hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi. Natijada festival oliy mukofoti “Oltin fil” va  “Best Artist Award from Li Xining” bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash