Sentob–sizni navro‘z sayliga chorlaydi

15 Mar, 2023 - 14:32
395
Sentob–sizni navro‘z sayliga chorlaydi

Axborot va matbuot xizmati

 

16-mart kuni Nurota tumani Sentob qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilishi munosabati bilan Navroʻz umumxalq bayrami tadbiri boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, tadbirda folklor-etnografik jamoalar, san’atkorlar, estrada xonandalari va baxshilarning chiqishlari;

Tasviriy san’at, xalq amaliy san’ati mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi;

Milliy sport o‘yinlari doirasida, tosh ko‘tarish, chillak, arqon tortish, milliy kurash musobaqalari;

Navro‘z bayrami munosabati bilan Nurota tumani va Sentob qishlog‘i hududlariga xos bo‘lgan milliy taomlar, “Ko‘klam ne’matlari” ko‘rgazmalarini hamda “Eng yaxshi Navro‘z taomlari” tanlovini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash