“Navro‘z” ashula va raqs ansambli xalqaro festivalda Gran-pri sohibi bo‘ldi

15 Mar, 2023 - 17:36
415
“Navro‘z” ashula va raqs ansambli xalqaro festivalda Gran-pri sohibi bo‘ldi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli hamda yakkaxon xonandasi O‘zbekiston xalq artisti G.Mamazoitovalar Italiya Respublikasining Agrijento shahrida 5 – 12-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan I “XX Bambini del mondo” jahon xalqari milliy madaniyati va folklor festivalida ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli festivalda ilk bora ishtirok etgan ishtirokchilarimiz dunyoning 29 ta davlatidan tashrif buyurgan o‘nlab ijodiy jamoalar oldida mamlakatimiz sharafini himoya qilib, barchani o‘zbek milliy sanʼatining noyob namunalari bilan lol qoldirdi hamda Gran-pri sovrindori bo‘ldi. 

Festival ishtirokchilari I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash