“Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

16 Mar, 2023 - 17:18
416
“Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar Uchtepa tumani madaniyat markazida joriy yilning 14-15-mart kunlari “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovga hududlar kesimida jami 1500 nafardan ortiq ijodiy jamoalar va yakka ijrochilaridan iborat yosh ijodkorlar ishtirok etishgan bo‘lib, ular orasidan 118 nafar ishtirokchilar final bosqichiga yetib keldi.

Hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq 27 nafar ishtirokchilar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi hamda g‘oliblar Madaniyat va turizm vazirligi hamda Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar, maxsus diplom bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash