Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti doktoranti xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

24 Mar, 2023 - 10:21
636
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti doktoranti xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 18-19-mart kunlari Hindistonning Dehli va Haydarobod shaharlarida Janubiy Osiyodagi eng katta ITAR — xalqaro texnik va akademik tadqiqotlar ilmiy tekshirish institutining fan va texnologiyalar bo‘limi tomonidan “International conference on music in society” (ICMSOC-23) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyada Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti doktoranti, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi o'qituvchisi Nilufar Botirova ham “Uzbek and indian cultural relations on the example of sufyana kalam and maqam musical genre” (O‘zbek va hind madaniy aloqalari: maqom va so'fiyona kalom janrlari misolida) mavzusida ma’ruza qildi.

Anjumanda dunyoning ko'plab nufuzli xorijiy institutlari va tashkilotlaridan kelgan olimlar, izlanuvchilar qatnashdi. Ma’ruzada barcha Sharq kasbiy musiqa janrlarining negizi O‘n ikki maqom tizimi degan g'oya ilgari surildi. Bu esa o‘z navbatida munozara va e’tirofga sabab bo‘ldi.

Ma’ruza songida doktorant tomonidan  “Maqom” ilmiy-uslubiy jurnalining taqdimoti o‘tkazildi va jurnal tog‘risida atroflicha ma'lumot berildi. O‘zbek milliy musiqa san’ati targ‘iboti, ilmi va ijrochiligiga bag‘ishlangan jurnal konferensiya ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi va tashkilotchilar bilan kelgusida hamkorlik aloqalarini o'rnatish to‘g‘risida kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash