Mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi imijini oshirish yo‘lida hammamiz bir musht bo‘lishimiz kerak!

01 May, 2023 - 10:21
547
Mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi imijini oshirish yo‘lida hammamiz bir musht bo‘lishimiz kerak!

Matbuot va axborot xizmati

Joriy yilning 6 – 8 may kunlari Guliston shahrida III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mazkur nufuzli tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Festival oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bu haqda atroflicha maʼlumot berdik.

Baxshichilik sanʼati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir. Bu sanʼat turi yoshlarni ona yurtga, milliy-madaniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni ezgulikka chorlashda beqiyos o‘rin tutadi. Afsuski, “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsiri kuchaygan globallashuv davrida folklor sanʼatiga eʼtibor va qiziqish susayib, himoya va muhofazaga muhtoj bolib qolgan paytlar ham kuzatildi. Ushbu holat, tabiiyki, baxshilarimizni ham jiddiy xavotirga soldi.

Quvonarlisi, bevosita Prezidentimiz tashabbusi bilan bu qadimiy sanʼat turi yana eʼzoz topdi. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qabul qilingan qator farmon va qarorlar soha rivojiga yangi hayot bag‘ishladi. Yurtimizda YUNESKO shafeligida Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini o‘tkazish yaxshi anʼanaga aylandi. 2019 yilda Termiz shahrida, 2021 yilda Nukus shahrida tashkil etilgan festivallar xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bu boradagi ezgu ishlarning natijasi o‘laroq, baxshichilik sanʼati insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu juda katta tarixiy voqea bo‘ldi.

Biz Guliston shahri mezbonlik qiladigan festivalni ham yuksak saviyada o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Bu kabi sanʼat bayramlari yana shu jihati bilan ham muhimki, u xalqaro miqyosda mamlakatimiz imijini oshirishga, sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Turistlar safi kengaysa, qo‘shimcha tarmoqlar ravnaq topadi. Bu esa aholi turmush farovonligi yana-da oshishiga katta turtki beradi. Chunki turizm iqtisodiyotni rivojlantirishning drayver sohalaridan biridir.

Matbuot anjumanida shular haqida so‘z yuritar ekanmiz, hurmatli jurnalistlarimiz, blogerlarimizni Vatan manfaati yo‘lida bir musht bo‘lib, shu kabi festivallarning mazmun-mohiyati, ahamiyatini yana-da kengroq ochib berishga hissa qo‘shishga, biz bilan yaqin hamkorlik qilishga chorladik. O‘z navbatida, ularning taklif va mulohzalarini tinglashga ham doimo tayyor ekanimizni bildirdik.

O‘ylaymizki, III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida OAV vakillari har qachongidan faol bo‘lishadi. Bu borada ularga ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz.

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat va turizm vazi
ri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash