Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasiga rahbar tayinlandi
26 May, 2023 - 16:23
756
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Buxorodagi “Boqiy Buxoro” majmuasi katta zalida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Axmedov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi madaniyat va turizm soha vakillari, tizim tashkilotlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Madaniyat va turizm vazirligi viloyat boshqarmalarida olib borilayotgan strukturaviy o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.
Bahodir Axmedov Buxoroning madaniyat va turizm bo‘yicha salohiyati yuqoriligini ta’kidlab o‘tdi va Buxoro viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasiga Suhrob Ramazonovich Bobokalonovning rahbar etib tayinlanganini e’lon qildi.
Suhrob Ramazonovich Bobokalonov 1981-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. BDU fransuz tili yo‘nalishini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Suhrob Bobokalonov Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.