Navoiy viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasiga rahbar tayinlandi

26 May, 2023 - 21:21
726
Navoiy viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi binosida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Axmedov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyatdagi madaniyat va turizm soha vakillari, tizim tashkilotlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda Madaniyat va turizm vazirligi viloyat boshqarmalarida olib borilayotgan strukturaviy o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Bahodir Axmedov Buxoroning madaniyat va turizm bo‘yicha salohiyati yuqoriligini ta’kidlab o‘tdi va Navoiy viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasiga Nodirjon Ramazonovich Niyazovning rahbar etib tayinlanganini e’lon qildi.

Nodirjon Ramazonovich Niyazov 1982-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat madaniyat institutining magistraturasini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Nodirjon Ramazonovich Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash