Mo‘ynoqda “Rally Mo‘ynoq” ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

27 May, 2023 - 12:23
671
Mo‘ynoqda “Rally Mo‘ynoq” ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

26-may kuni “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Mo‘ynoq tumani hokimligi vakillari ishtirok etdi.

“Qoraqalpog‘istonni turizm salohiyatini oshirish, Qoraqalpog‘iston hududiga tursitlarni jalb qilishda muhum rol o‘ynaydigan “Rally Mo‘ynoq” ekstremal avtomobil musobaqalari xalqaro darajada katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada, bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda 8 ta davlatdan 50 dan ortiq xorijiy ishtirokchilar qatnashayotgani bunga misol bo‘la oladi. Mo‘ynoq qadimdan Qoqaqalpog‘istonning o‘ziga xos strategik markazlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda, o‘zining urf-odatlari, taomlari mana shunday ralli musobaqalarini o‘tkazayotgan hududlardagi o‘ziga hosliklar bilan butun dunyodan mamlakatimizga doimiy ravishda o‘ziga jalb qilmoqda” – dedi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri Rasul Zarikeyev.

Musobaqa, nafaqat Qoraqalpog‘iston balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi.

Kunduzgi vaqtlari sport avtomobillari, baggi va mototsikllarda ekstremal musobaqalar, mahoratli oshpazlarning gastronomik tomoshalari bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, kechqurun mashhur didjeylarning elektron musiqiy konsert dasturlari tashkillashtirilgan.

Musobaqa trassasining umumiy uzunligi 425 kilometr bo‘lib, ushbu masofaning aksariyat qismi Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubidagi ekstremal (yo‘lsiz) hududlardan iborat.

Motokross va avtokross (BAGGI) musobaqalari esa maxsus trassada o‘tkaziladi. Musobaqalarda dvigatel hajmi 1600sm3 va 2000sm3 bo‘lgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, shu bilan birga dvigatel hajmi 1600sm3 bo‘lgan “BAGGI” sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 152sm3 dan 500sm3 gacha bo‘lgan mototsikllar ishtirok etishadi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash