Madaniyat xodimlari maxsus seminar-treninglarda bilim-ko'nikmalarini oshirmoqda

27 May, 2023 - 20:30
499
Madaniyat xodimlari maxsus seminar-treninglarda bilim-ko'nikmalarini oshirmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

“Ijodiy makon”  bosh g‘oyasi asosida “Madaniyat markazlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida  aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish hamda rivojlantirish, turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm  vazirligi Madaniy faoliyatni rivojlantirish va nomoddiy madaniy meros boshqarmasi hamda Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi mutaxassislari seminarning asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan madaniyat markazi xodimlari sohaga oid zarur ma'lumotlarni o'zlashtirish bilan birga, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash