76-Kann kinofestivalining g'oliblari aniqlandi

28 May, 2023 - 20:50
507
76-Kann kinofestivalining g'oliblari aniqlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

76-Kann kinofestivali yakunlandi. “Oltin palma shoxi”ni Jastin Triening “Qulash traektoriyasi” dramasi qo‘lga kiritdi.

Trie Kann tarixida Jeyn Kempion ("Piano") va Juli Dyukurnodan ("Titan") keyin festivalning bosh mukofotiga sazovor bo‘lgan uchinchi ayol bo‘ldi. 

“Qulash traektoriya” syujeti jardan qulagan erini o‘ldirishda ayblanayotgan yozuvchi Sandra (Sandra Xyuller) haqida hikoya qiladi. 

Rejissor Ruben Östlund boshchiligidagi hakamlar hay'ati, shuningdek, "Manfaatlar hududi", "To'kilgan barglar", "Monster", "Qovjiragan o'tlar haqida" va "Go'zal kunlar" kabi filmlarni ham taqdirladi. 

G'oliblar ro'yxati:

Bosh sovrin "Oltin palma yaprog'i": "Qulash traektoriyasi", Justine Trie

Gran-pri: Jonatan Gleyzerning "Manfaatlar hududi" filmi

Eng yaxshi rejissyor: Chan An xun (“Doden Buffans”)

Hakamlar hay'ati mukofoti: Aki Kaurismaki, "To'kilgan barglar" filmi

Eng yaxshi ssenariy: Yuudji Sakamoto (Xirokazu Koreedaning "Yovvoyi") filmi

Eng yaxshi ayol roli: Merve Dizdar (Nuri Belge Jeylanning "Qovjiragan o'tlar haqida" filmi)

Eng yaxshi erkak aktyor: Koji Yakusho (Vim Vendersning "Go'zal kunlar" filmi)

Qisqa metrajli film uchun "Oltin palma yaprog'i" : "27" filmi, rejissyor Flora Buda

Eng yaxshi debyut uchun "Oltin kamera": "Sariq pilla qobig'ining ichida" filmi uchun., Pham Tien Ana‌‌.

Eslatib o'tamiz, mazkur festivalda O'zbekiston o'z milliy paviloni bilan qatnashdi va bir qancha manfaatli kelishuvlarga erishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash