Marg‘ilon shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi

30 May, 2023 - 01:33
869
Marg‘ilon shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Yuritimida milliy folklor san’atini yanada rivojlatirish, xorijiy mamlakatlar orasida ommalashtirish hamda kelajak avlodga milliy madaniyatimizning noyob elementini yetkazish borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Mazkur san’at turini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasining “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan dastlab 2018-yilda Marg‘ilon shaharida mazkur xalqaro anjuman nufuzli darajada yuqori saviyada tashkil etilib, xalqaro miqyosida e’tirof etildi.

Bugun, 29-may kuni, Marg‘ilon shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivaliga start berildi.  

31-mayga qadar davom etadigan mazkur festivalga jami 500 nafardan ortiq ijodkorlar jalb etilgan bo‘lib, tadbirning tantanali ochilish marosimiga alohida dastur asosida tayyorgarlik ko‘rildi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari  B.Ahmedov so‘zga chiqib, festival ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.

"Mazkur festivallarni tashkil etishdan ososiy maqsad xorijiy davlatlar, ayniqsa, qardosh xalqlar bilan O‘zbekiston ortasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, yurtimizning nomoddiy madaniy merosini asrab avaylash va kelajak avlodga yetkazishdan iborat.

Ma’lumki, O‘rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo‘li bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.

Shu maqsadda ushbu festivalimizni ham “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlaganmiz.

Ushbu festival an’anaviy tarzda 2018-yildan buyon Marg‘ilon shaharida yuqori o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, 2018-yilda o‘tkazilgan ushbu festival yuqori badiiy saviyada tashkil etilib, xalqaro miqyosida e’tirof etilgandi.

Ushbu festival o‘zbek va qardosh halqlarning milliy folklor san’atini yanada rivojlatirish, xorijiy mamlakatlar orasida ommalashtirishga katta xizmat qilishidan umidvormiz.

Shu fursatdan foydalanib, festivalda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan ijodiy jamoalarga ulkan zafarlar, festival doirasida tashkil etiladigan konferensiya ishiga muvafaqiyat tilayman", dedi vazir o‘rinbosari o‘z nutqida.

Ayni paytga kelib, mazkur anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan 12 ga yaqin xorijiy davlatlardan folklor san’atiga doir 30 nafar musiqa ijrochilari, 15 nafar taniqli madaniyat va san’at vakillari hamda 10 nafarga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari va faxriy mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

“\-O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etish mavzuidagi halqaroilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
-xorijiy va O‘zbekiston folklor jomoalarining konsertlari va badiiy kechalari;
-bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlarining to‘garak azolai ishtiokida, xorijiy va O‘zbekiston folklor jamoalarining ijodiy uchashuvlari va mahorat darslari;
-folklor jamoalarining Xalqaro ko‘rik-tanlovi;
-sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur milliy musiqa va musiqa cholg‘ulari uyg‘unligidagi sahnalashtirilgan dastur namoyishlari.

Festival ko‘rik-tanlovning g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi.

Fotosuratlar muallifi Husniddin Ato

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash