Madaniyat va turizm vazirligi turizm sohasidagi nodavlat ta’lim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun GRANT E’LON QILADI.

30 May, 2023 - 14:25
1510
Madaniyat va turizm vazirligi turizm sohasidagi nodavlat ta’lim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun GRANT E’LON QILADI.

2023-yilda joylashtirish vositalari, shu jumladan, oilaviy mehmon uylari, sanatoriy va pansionatlar xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil qilish bo‘yicha grant ajratish uchun TANLOV E’LON QILINADI.

Grant ajratish nizomi,

Grand ajratish sxemasi ,

Ariza namunasi,

Arizaga ilovalar.

Grant ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

1. Yuqorida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza va uning ilovalari.

2. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va nodavlat ta’lim tashkilotlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.

3. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi. 

Hujjatlar 2023-yil 1-iyundan 20-iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Madaniyat va turizm vazirligiga yoki uning “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur, 107B

Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 502-33-77 (ichki - 321) 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash