Indoneziya delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

07 Jun, 2023 - 11:34
474
Indoneziya delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Shu kunlarda Indoneziya hukumati huzuridagi Indoneziya Turizm va kreativ iqtisod vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida sayyohlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish istiqbollarini muhokama qilishish maqsadida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

 


Vazir Sandiaga Salahuddin Uno rahbarligidagi delegatsiya a’zolari dastlab, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng Madaniyat va turizm vazirligida turizm sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama muzokaralar jarayonlarida ishtirok etishdi.

Madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov va Indoneziya Turizm va kreativ iqtisod vaziri Sandiaga Salahuddin Uno o‘rtasida kechgan muloqotda O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlari yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani, turli sohalarda, jumladan madaniyat-san’at va turizm yo‘nalishidagi hamkorlik izchil mustahkamlanayotgani qayd etildi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Indoneziya Respublikasi Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandumini imzolash, halol turizm yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston va Indoneziya turizm uyushmalari va universitetlari ishtirokida Indoneziyadan keladigan turistlarni qabul qilish bo‘yicha alohida o‘quv kurslari va malaka oshirish darslarini tashkil etish, aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, 2024-yilda Indoneziyada O‘zbekiston madaniyati va turizm kunlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Imom al- Buxoriy hayoti va ijodi to‘g‘risida hamda Indoneziya prezidenti Sukarnoning O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha “Buxoriyni izlab” xujjatli film ishlab chiqish va ularni ikki davlatda namoyishini tashkil etish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash