Qashqadaryoda VIII - IX asrlarga oid tosh minora topildi

07 Jun, 2023 - 16:58
1018
Qashqadaryoda VIII - IX asrlarga oid tosh minora topildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Yakkabog‘ tumani Tatar tog‘larida taxminan VIII-IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt aniqlandi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ushbu obyekt guvurgon, yaʼni zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan degan taxminlar ham bor. 

Muqanna qalʼasining qurilish uslubiga o‘xshash tosh minorani atroflicha o‘rganish jarayonida hududda suv tegirmoni qoldiqlari va erigan metall ashyolari topildi. Bundan anglash mumkinki, mazkur obyektdan maʼlum harbiy istehkom yoki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan taʼminot sifatida foydalanilgan. 

Hozirgi kunda boshqarma tomonidan yangi topilgan madaniy meros obyektning tarixiy qiymatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda, olib borilgan izlanishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash