Qozog‘iston madaniyat kunlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

24 Jun, 2023 - 00:26
639
Qozog‘iston madaniyat kunlarining yopilish marosimi  bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

2023-yilning 18-24-iyun kunlariga belgilangan Qozog‘iston madaniyat kunlari doirasida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Asxat Oralov Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Asat Oralov Qozog‘iston madaniyat kunlarining muvaffaqiyatli otkazilgani uchun Oʻzbekiston hukumati va vazirlikka alohida minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, kelgusida madaniy tadbirlarni Qashqadaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida, Qozog‘istonning Aktau, Turkiston va boshqa viloyatlarida o‘tkazish, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 20-yig‘ilishi bayonida «e-Qonaq» va «e-Mehmonxona» (e-Mehmon) milliy axborot bazalarining horijiy turistlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar almashinishda integratsiya qilish, vazirliklar o‘rtasida idoralararo ishchi guruhini shakllantirish, mazkur guruh yig‘ilishini o‘tkazish hamda transchegaraviy turistik marshrutlarni ishlab chiqish va ular bo‘ylab ekspeditsiya o‘tkazish, ikki davlat filmlarini kinoprakatlarga chiqarish singari amaliy takliflar muhokama qildi.

Shundan soʻng, vazirlar A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan Qozog‘iston madaniyat kunlari tadbirining yopilish marosimi ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olgan vazirlar madaniyat kunlari va uning doirasida o'tgan kino kunlari tadbirlarining muvaffaqqiyat bilan o'tkazilganligini e'tirof etishdi. Bunday tadbirlarni muntazam o'tkazish xalqlarimiz o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashini ta'kidlashdi.

Dastur doirasida Abay nomidagi Qozoq milliy opera va balet teatrining “Abay” spektakli namoyish etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash