Xushxabar! Ozarbayjondagi 6-mug‘om festivalida o‘zbekistonlik xonanda Gran-prini qo‘lga kiritdi

26 Jun, 2023 - 00:56
791
Xushxabar! Ozarbayjondagi 6-mug‘om festivalida o‘zbekistonlik xonanda Gran-prini qo‘lga kiritdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 18-25-iyun kunlari Boku shahrida bo‘lib 6-mug‘om festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda Turkiya, O‘zbekiston, Eron, Isroil va Ozarbayjonlik 22 nafar sozanda va xonanda g‘oliblik uchun bellashdi.

Quvonarli tomoni, unda o‘zbekistonlik qatnashchilar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, xonanda Mohichehra Shomurodova oliy o‘rin — Gran prini bilan mukofotlandi. Xonanda Do‘stmurod Negmurodov 3-o‘rinni eggalladi. Sozanda Shohjahon Yoriyev esa 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. 

Festival tanlovi natijasiga ko'ra ijrochilar quyidagi tartibda o'rin oldi:

Sozandalar: 
Gran pri - Vaqif Tahmazov - Ozarbayjon;
1 - Anar Valizoda - Ozarbayjon;
2 - Shohjahon Yoriyev - O‘zbekiston
3 - Jahandar Mikailov - Ozarbayjon;

Xonandalar:
Gran pri - Mohichehra Shomurodova - O‘zbekiston;
1 - Mirali Sarizada - Ozarbayjon;
2 - Dashqin Kurchali - Ozarbayjon;
3 - Do‘stmurod Negmurodov - O‘zbekiston.

Festival tanlovi nizomiga ko’ra g'oliblarga jami 100.000 EUR mukofot belgilangan:

Gran pri - 20 000 EUR;
1 - o‘ringa - 15000 EUR;
2 - o‘ringa - 10000 EUR;
3 - o‘ringa - 5000 EUR;

Shundek, o‘zbekistonlik fotorassom Husniddin Atoning “Mug‘om Ijrochilari” nomli shaxsiy foto ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Fotosuratlar muallifi Husniddin ATO

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash