11-15-iyul kunlari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tadi

02 Jul, 2023 - 13:39
857
11-15-iyul kunlari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tadi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) bilan hamkorlikda joriy yilning 11-15-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tadi.

Festivalda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbaydjon kabi turkiy tillari davlatlaridan hamda Respublikamizning har bir hududidan faol talaba va yoshlar ishtirok etadi.

Festival doirasida bir qator tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya, loyiha hamda tadbirlar tashkil etiladi.

Shu bilan bir qatorda, festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, mamlakatimizdagi elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi.

“Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” 2023-yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba iyul oyida o‘tkazilishini inobatga olib, bu yilgi festivalda qatnashishga shoshiling.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash