Namanganda O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov nomidagi san’at maktabi tashkil etiladi

13 Jul, 2023 - 11:18
599
Namanganda O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov nomidagi san’at maktabi tashkil etiladi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 16-iyundagi Namanganga tashrifi chog‘ida: «Boborahim Mashrabning «Namangandan ketar bo‘lsam, mani yo‘qlar kishim bormu?”, degan hasrati endi boshqacha jaranglaydi: 

«Mani borar joyim o‘shal Namangon!” 

Namanganda O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov nomidagi san’at maktabini tashkil etsak, nima deysizlar!”, - degan edi. 

Yil boshida ustoz hofiz 80-yillik yubileyi keng nishonlandi. Unda so‘z olgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazaqov, - Ustoz hofiz Kamoliddin Rahimov nafaqat buyuklik sifatiga ega san’atkor, balki o‘zining hayot tarzi bilan oddiylik, kamtarlikka haykal qo‘yib ketgan insondir, - degandi. 

Joriy yilning 12-iyul kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov nomini abadiylashtirish va o‘ziga xos maktabini davom ettirishni ta’minlovchi tashkil etilajak maktab manzilida o‘rganishda bo‘ldi. Unda amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash