Bokuda ozarbayjon tilida qayta chop qilingan “O‘tkan kunlar” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

02 Aug, 2023 - 14:29
782
Bokuda ozarbayjon tilida qayta chop qilingan “O‘tkan kunlar” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasida O‘zbek milliy adabiyoti ekspozitsiyasi tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida ikki mamlakat madaniyat vazirlari va adabiyot sohasi vakillari ishtirok etdi.

Quvonarlisi, unda buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning ozarbayjon tilida qayta chop etilgan “O‘tkan kunlar” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

"Asar ilk bor 1929-yilda ozarbayjon tiliga ogirilib, bir necha bor qayta nashr etilgan. Bu ikki xalq adabiyotining o'zaro mushtarakligi mevasi. Asarda ko‘tarilgan masalalar, tarixiy voqealar, qahramonlar taqdiri ozarbayjonliklarga ham begona emas. Shu sababli turkiy xalqlar "O‘tkan kunlar" asariga qayta-qayta murojaat qiladi. Shu nuqtai nazardan, bu asarni butun turkiy xalqlarning adabiy mulki, deb aytsak xato bo‘lmaydi", deydi Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy.

O‘zbek va ozarbayjon milliy adabiyoti vakillari, san’atshunos olimlar qatnashgan tadbir doirasida ikki mamlakatning adabiyot va kitobxonlik sohasida erishgan yutuqlari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash