Estrada xonandalarining “Meykin Asia” III xalqaro festivalida o‘zbekistonlik Sarvinoz Kamalova sovrindor bo‘ldi

23 Aug, 2023 - 14:15
624
Estrada xonandalarining “Meykin Asia” III xalqaro festivalida o‘zbekistonlik Sarvinoz Kamalova sovrindor bo‘ldi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

“Turksoy” Xalqaro turk madaniyati tashkiloti tomonidan joriy yilning 17-21-avgust kunlari Qirg‘iziston Respublikasi, Issiqko‘l viloyatida 17-35 yosh oralig‘idagi estrada xonandalarining “Meykin Asia”  III xalqaro festivali o‘tkazildi.

Mazkur festivalda  (Qirgiziston, Qozog’iston, Sloveniya, Macedoniya, Kipr, Azerbaydjan, Rossiya, Vengriya, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, O'zbekistan, Turkiya, jami 12 ta  davlatdan yorqin iste’dodlar ishtirok etishdi.

Festivalda O‘zbekiston Respublikasi nomidan respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi, O‘zbekiston respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari “Ashula va raqs” ansambli artist-vokalisti Sarvinoz Kamalova qatnashdi. S.Kamalovaning professional ijrosi, sahna mahorati va iste’dodi munosib baholanib, festivalda fahrli 2-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.

3-o’rin Kasiet Idrisova Qirg’iziston.
3-o’rin Adilkxan Makin Qozog’iston.
2-o’rin Nade Talevska Severnaya Makedoniya.
2-o’rin Kamalova Sarvinoz O’zbekiston.
1-o’rin Ruslan Asankxan Qirg’iziston.
1-o’rin Begum Tekakpinar Shimoliy Kipr Turk Respublikasi
Gran pri Aina Kalmaganbetova Qozog’iston.

G‘olib va sovrindorlar, “Turksoy” Xalqaro turk madaniyati tashkiloti tomonidan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Festival 2 turdan iborat bo‘lib, birinchi turda ishtirokchilar tomonidanona tilidagiqo‘shiq, ikkinchi turda jaxon estradasidan namunalar yangradi.

Festivalning Hakamlar hay’ati tarkibi Qozog‘iston, Makedoniya, Rossiya, Turkiya va O‘zbekiston davlatlari soha mutaxassislaridan tashkil etildi.

Festival doirasida Avstriyaning “Joy” guruhi, Germaniyaning “Arabesque” kabi jahon yulduzlari konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash