Ijodkor yoshlar yuqori pog‘onalarni zabt etdi

13 Oct, 2023 - 14:29
553
Ijodkor yoshlar yuqori pog‘onalarni zabt etdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida XVII xalqaro Delfi-2023 o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakillari va bir guruh O‘zbekistonlik yosh ijodkorlar qatnashdi.

Xalqaro tanlovda hamyurtlarimiz bilan birgalikda Rossiya, Armaniston, Belarusiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iiston, Turkmaniston, Tojikiston Respublikalaridan san’atga qiziquvchi 500 dan ortiq yosh ijodkorlar ishtirok etishdi. Ushbu xalqaro tanlov ilk bor 2002-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, asosiy maqsadi MDH ga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi aloqalarni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, o‘zaro bilim va tajriba almashish hisoblanadi. 

Delfi-2023 xalqaro o‘yinlarida  yoshlar fortepiano, xalq cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, skripka kabi 10 ta yo‘nalishda ishtirok etishdi.  Shuningdek,  mamlakatimiz yosh ijodkorlarning mahoratlari yuqori baholandi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistondan ishtirok etgan 14 nafar mamlakatimiz yoshlaridan 13 tasi faxrli o‘rinlarni egallashdi. Gʻoliblar oltin, kumush va bronza medallari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi. Baxtiyorova Bibixonim  esa “Eng yaxshi debyut” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash