Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani “Bobur” nomli madaniyat markazini DXSHga berish

26 Oct, 2023 - 14:29
438
Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani “Bobur” nomli madaniyat markazini DXSHga berish

Davlat-xususiy sheriklik

Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Qorayantoq MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan “Bobur” nomli madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi bo‘lgan boshqa talabgorlarga ma’lum qilish taklifi to‘g‘risida

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor YTT “Shermanov Abror Urolovich” tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Qorayantoq MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan “Bobur” nomli madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’mirlash va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini hamda ushbu hudud aholisi uchun tantanalar saroyini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv markazlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish zali, shuningdek, ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining to‘y-tantana tadbirlarini o‘tkazish uchun maqsadida tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga markazda aholi uchun turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borishi rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Qorayantoq MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan “Bobur” nomli madaniyat markazini madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarni madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq, tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va takliflarni 2023-yil 9-dekabr kuni 18.00 ga qadar Toshkent vaqti bilan topshirilishi lozim.

Loyihaga qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107 B-uy (Madaniyat vazirligi).

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning tashabbuskori hamda qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash