Tojikistonda o’zbek san’ati tarannum etildi

01 Dec, 2023 - 11:06
264
Tojikistonda o’zbek san’ati tarannum etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Tarixdan ma’lumki, o‘zbek va tojik xalqlarini azaldan yagona din, yagona madaniyat, mushtarak ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turadi. Mavlono Abdurahmon Jomiy va hazrat Alisher Navoiy o’z davrida mustahkamlangan samimiy do‘stlik va hamkorlik rishtalari bugun ham ikki xalqning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Qardosh tojik xalqini o‘zbek musiqa va raqs san’atining eng yorqin namunalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi 27-30 noyabr kunlari Tojikiston Respublikasida gastrol safari uyushtirdi.

Gastrolda Tursunzoda, Gissar hamda Dushanbe shaharlaridagi konsert saroylarida Buxoro musiqa san’atining eng saralari ijro etilgan konsertlarda jamoa xonandalari O‘lmas Rustamov, Jo‘rabek Qo‘shayev, Jamol Murodov hamda “Buxoro mavjlari” raqs ansambli ishtirok etib, o‘zbek san’atini yana bir bor xalqaro sahnada tarannum etishdi.

O‘zbek san’at vakillarining har bir chiqishlari tomoshabinlar tomonidan davomli olqishlar va e’tiroflar bilan qarshi olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash