Teatrda xayriya tomoshasi o’tkazildi

01 Dec, 2023 - 11:30
322
Teatrda xayriya tomoshasi o’tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Kuni kecha O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Toshkent shahridagi 37-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari uchun “Aladdin” spektakli rus tilida namoyish etildi.

Mazkur spektakl xayriya tashabbusi bo’lib, 400 ga yaqin bolalar tomoshaga kelishdi.

“Aladdin” sahna asari jahonga mashhur arab xalq ertagi asosida sahnalashtirilgan bo’lib, yosh tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Rollarda Fayzulla Asqarov, Ulug’bek Rustamov, Sherzod Ahmedov, Nargiza Matkarimova, Sanjar Islomohunov va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash