Konferensiya yakunlandi

01 Dec, 2023 - 21:22
285
Konferensiya yakunlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Bugun Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekiston teatr san’ati: dramaturgiya va rejissuraning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Konferensiyaning yakunida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti madaniyat va san’atni rivojlantirish sho’basi mudiri  Nodirbek Sayfullayev, Kinematografiya agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston san’at arbobi Olimjon Salimov boshchiligida davra suhbati tashkil etildi.

Yosh ijodkorlarga teatr san’ati taraqqiyoti bo’yicha ilmiy tavsiyalar berildi, teatrlarda faoliyat yuritayotgan adabiy bo‘lim mudirlari faoliyati to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash