“Pushkin barhayot” spektakli Madaniyat vazirligining Badiiy kengashi e’tiboriga havola etildi.

04 Dec, 2023 - 16:33
324
“Pushkin barhayot” spektakli Madaniyat vazirligining Badiiy kengashi e’tiboriga havola etildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston davlat Yoshlar teatrida Mariya Lichkovskaya tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektakl  Aleksandr Sergeyevich Pushkinning tarjimai holiga asoslanib sahnalashtirilgan, unda shoir zamondoshlaridan qolgan hujjat, xat va xotiralardan foydalanilgan.

Spektakl yaratilishida "O‘YIN" so‘zi asos qilib olingan. Spektakl boshlanishidan oldin aktyorlar tomoshabinga “Pushkin rolini ijro etish” jarayonida, kimning boshida uning silindr shlyapasi bo‘lsa, demak u – Pushkin bo‘ladi, deb e’lon qiladi.

Pushkin rus adabiyotida barchaga bolalik davridan tanish va qadrdon bo‘lgan kam sonli adiblardan biri hisoblanadi. 
Uning portreti deyarli har bir adabiyot darsxonasining devorida osilgan. 
...Biroq aslida biz uni yaxshi bilamizmi?!

Bir so‘z bilan aytganda,  asar “spektakl - sayohatnoma” bo‘lib, bunda zamon va makon ajib naqshlarda o‘zaro uyg‘unlikda bog‘lanadi.

Spektaklning premyerasi joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat Yoshlar teatrida bo‘lib o‘tadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash