Ijodiy sinov komissiyasi- Andijonda

05 Dec, 2023 - 09:01
297
Ijodiy sinov komissiyasi- Andijonda

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Shu kunlarda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika komissiyasi ishtirokida joylarda “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Bolalar namunali jamoalari” ni ijodiy sinovdan (attestatssiyadan) o‘tkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 2023-yil 4-dekabr kuni Andijon viloyati musiqali drama teatrida Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi tizimidagi 22 ta unvonga ega bo‘lgan xalq havaskorlik jamoalari uchun ijodiy sinov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ijodiy sinov jarayonida Andijon viloyatidagi ashula va raqs xalq ansambllari, xalq dorbozlik jamoalari, xalq teatrlari, sirk va xalq raqs jamoalari ishtirok etmoqda.


 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash