Ijodiy sinov komissiyasi - Namanganda

06 Dec, 2023 - 09:01
275
Ijodiy sinov komissiyasi - Namanganda

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Shu kunlarda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika komissiyasi ishtirokida joylarda “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Bolalar namunali jamoalari” ni ijodiy sinovdan (attestatssiyadan) o‘tkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 2023-yil 5-dekabr kuni Namangan viloyati 6-son madaniyat markazida Namangan viloyatidagi 13 ta madaniyat markazlarida tashkil etilgan 27 ta unvonga ega bo‘lgan xalq havaskorlik jamoalari uchun ijodiy sinov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ijodiy sinov jarayonida 12 ta ashula va raqs xalq ansambllari, 3 ta folklor-etnografik xalq jamoalari, 2 ta vokal-cholgu xalq ansambli, 4 ta xalq dorbozlik guruhlari 2 ta xalq teatrlari 3 ta xalqa qo‘girchoq teatrlari hamda 1ta bolalar namunali xalq raqs jamoalari ishtirok etmoqda.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash