E'LON

23 Dec, 2021 - 15:34
727
E'LON

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Temirxo‘ja MFY da joylashgan
“Temirxoja” madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat va san’at markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

2021-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hususiy tashabbuskor “TEMIRXOJA MADANIYATI” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Temirxo‘ja MFYda joylashgan
“Temirxoja” madaniyat markazini yangidan qurish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish, hamda ushbu hudud aholisi uchun madaniy ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazadigan markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda bolalarga va yoshlarga xorijiy tillarda so‘zlashish kurslari, eng so‘ngi metodlardan foydalanib dars berish, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib turli to‘garaklar, jamoalar, studiyalar tashkil etiladi. Madaniyat markazi tomonidan to‘y-tadbirlarda, marosimlarda foto-video studiya xizmatlarini sifatli amalga oshirish va bayram konsertlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 30-son qaroriga asosan Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Temirxo‘ja MFY joylashgan
“Temirxoja” madaniyat markazi binosi davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida" gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kun muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

 

 

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli. Loyha konsepsiyasi ilova qilinadi.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlarni (Takliflarni) 2022-yil 5-fevral kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shevchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash