E'LON

13 Dec, 2021 - 15:51
761
E'LON

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Madaniyat va istirohat bog‘i” ni rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat istirohat bog‘i faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

2021-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hususiy tashabbuskor “KIT AUTO” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini yangidan qurish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish, hamda ushbu hudud aholisi uchun zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bog‘da bolalar o‘yingohlari, zamonaviy atraksionlar, aholining madaniy xordiq chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, zamon talablariga mos ravishda eng so‘ngi texnologiyalardan foydalangan holda bog‘ tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga asosan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida" gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kun muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

/

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli, loyiha konsepsiyasi ilova qilinadi.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlarni (Takliflarni) 2022-yil 26-yanvar kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shevchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash