E'LON

13 Dec, 2021 - 15:54
1331
E'LON

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

Samarqand viloyati Tayloq tumani Xo‘jayuzMFY joylashgan 4-sonli madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat va san’at markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

2021-yil oktabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “SHIRINA DILNOZA NURLI BARAKA” O.K tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Toyloq tumani “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan, 4-sonli madaniyat markazini yangidan rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish hamda ushbu hudud aholisi uchun madaniy ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazadigan markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda madaniy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yish, foto va video montaj studiyasi, sport sog‘lomlshtirish zali, xorijiy tillarni o‘rgatish, hamda marosimlar va tadbirlar o‘tkazish zali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Markazda aholi uchun turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borishi rejalashtrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-3892-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 30-son qaroriga asosan Samarqand viloyati Toyloq tumani “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan, 4-sonli madaniyat markazi binosini kelgusida madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat koʻrsatish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli, loyiha konsepsiyasi ilova qilinadi.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlarni (Takliflarni) 2022-yil 26-yanvar kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shevchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash