2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan

05 Jan, 2022 - 11:47
626
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan

Axborot va matbuot xizmati

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Madaniyat vazirligining

M A ʼ L U M O T I

2022-yil 5-yanvar holatiga

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

Bajarilgan ishlar, tayyorlangan hujjat loyihalari (kimga, qachon kiritilganligi, xat raqami va sanasi)

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

3.4. Bojxona tizimini isloh qilishni jadallashtirish

56.

“Yagona darcha” bojxona axborot tizimini takomillashtirish va unga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq barcha tartibotlarni bosqichma-bosqich qamrab olish.

2021-yil 1-avgust

Davlat bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

8 ta nazorat qiluvchi idoralarning 39 turdagi ruxsatnoma hujjatlarining faqat “Yagona darcha” axborot tizimi orqali berilishini tashkil etish;

temir yoʻl va havo transporti hamda logistika tashkilotlari tomonidan qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirilayotgan yuk hujjatlari va jarayonlarni raqamli koʻrinishga bosqichma-bosqich oʻtkazish;

barcha nazorat idoralari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tuziladigan shartnomalarni oferta shakliga oʻtkazish;

koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yigʻimlarni “yagona darcha” axborot tizimi orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Joriy yilning 1-mart kuni Madaniyat vazirligi bilan Bojxona qoʻmitasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tuzildi.

Ushbu tuzilgan bitimda, Bojxona qoʻmitasi tomonidan yaratiladigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ish olib borish belgilandi.

3.9. Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, turizm sohasi va aholiga sifatli va qulay transport xizmatlari koʻrsatish, transport oqimini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yoʻlovchi tashishda xavfsizlikni taʼminlash, transport infratuzilma obyektlari loyihalarini ishlab chiqish, qurish va ekspluatatsiya qilishda eskirgan normalarni qayta koʻrib chiqish

100.

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash.

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi

1 trln. soʻm

Respublika byudjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

tegishli turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish;

jahon standartlariga mos va zarur madaniy koʻngilochar infratuzilmani rivojlantirish;

madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Vazirlar Mahkamasining sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati topshirigʻiga binoan Madaniyat vazirligining joriy iyd 23-fevral 03-10-03-149-sonli xati bilan “Ichki va ziyorat turizm infratuzilmasini rivojlantirish” chora-tadbirlari manzilli dasturini shakllantirish boʻyicha ishchi guruhiga 3 nafar nomzodlar taqdim etildi.

Ushbu manzilli dasturini shakllantirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda chora-tadbir dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha hududlar kesimida madaniy meros obyektlari tanlab olindi va birlamchi tahminiy mablagʻlar taqsimlanib, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etildi.

IV. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash HAMDA Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari

4.1. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga oid davlat siyosatini takomillashtirish

174.

Markaziy Osiyo xattotlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita

-

-

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyo xattotlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish;

markazni zarur texnik vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Markaziy Osiyo xattotlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish yuzasidan Madaniyat vazirligining hamkorlikda ishlashi yuzasidan 2021-yil 29-martdagi 05-12-10-1681-sonli xati Toshkent shahar hokimligiga yuborildi.

4.3. Arzon uy-joylarni barpo etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish

202.

Yangi ijtimoiy soha obyektlarini qurish va mavjudlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

 

Markazlashgan mablagʻlar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Bajarildi.

Davlat dasturining 202-bandi. Yangi ijtimoiy soha obyektlarini qurish va mavjudlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Ushbu topshiriqqa muvofiq jami 18 ta madaniyat muassasalari binolarini investitsiya dasturi doirasida yangi qurish (12 ta), rekonstruksiya qilish (6 ta) va jihozlash belgilangan boʻlib, Investitsiya dasturi doirasida jami 142 mlrd 500 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining“2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qaroriga muvofiq ushbu 18 ta obyektlardan 11 tasi 2021-yil yakuniga qadar, 6 tasi 2022-yilda hamda 1 tasi 2023-yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan 11 ta obyektlardan 5 tasini yangi qurish hamda 6 tasini rekonstruksiya qilish belgilangan boʻlib, barchasida qurilishva taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida bajarilishi lozim boʻlgan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun ajratilgan 142,5 mlrd soʻm mablagʻning 100 foizi toʻliq maqsadli sarflandi.

Qolgan 7 ta obyektlar yuqorida qayd etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qaroriga muvofiq 2022-2023-yillarda foydalanishga topshiriladi.

2 050 mlrd. soʻm

31 ta yangi maktab qurish va 320 ta maktabni taʼmirlash;

200 mlrd. soʻm

Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablarini qurish;

700 mlrd. soʻm

16 ta oliy taʼlim muassasalari binolarini yangidan qurish va 19 tasini taʼmirlash;

900 mlrd. soʻm

22 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari binosini yangidan qurish va 203 tasini taʼmirlash;

1,4 trln. soʻm

24 ta sogʻliqni saqlash obyektlarini yangidan qurish va 99 tasini taʼmirlash;

400 mlrd. soʻm

23 ta sport obyektlarini yangidan qurish va 34 tasini taʼmirlash;

150 mlrd. soʻm

11 ta madaniyat va sanʼat obyektini yangidan qurish va 7 tasini rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

203.

Toshkent shahri markazida iqtidorli yoshlarning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur oʻzlashtirishiga keng sharoit yaratish maqsadida alohida universitet binosini barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

2021-yil 20-mart

Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi

Respublika byudjetidan 50 mlrd. soʻm

(universitet loyihasini ishlab chiqish uchun)

Respublika byudjeti, xalqaro kredit va grantlar, boshqa manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

obyektlarni barpo etishga xalqaro konsultantlar va loyiha institutlarini jalb qilish;

xorijiy tajribani oʻrgangan holda obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish;

obyektlar qurilishiga salohiyatli xorijiy va mahalliy pudratchilarni jalb qilish va boshqa tashkiliy tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga Madaniyat vazirligining 2021-yil 23-fevraldagi
05-12-10-942-sonli aloqa xati yuborildi.

Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu qaror loyihasi belgilangan tartibda kelishildi.

4.4. Madaniyat, sanʼat, sportni yanada rivojlantirish

205.

Madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

   

Amaliy-chora tadbirlar:

Bunda:

Bajarildi.

Madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar amalga oshirildi:

Davlat dasturining 205-bandida madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish vazifasi belgilangan boʻlib, ushbu topshiriqqa muvofiq jami 29 ta madaniyat va sanʼat muassasalarining binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash belgilangan.

Mazkur obyektlarning 16 tasi madaniyat markazlari, 10 tasi muzey hamda 3 tasi teatr binolaridan iborat.

Shundan, 26 ta obyektlar 2021-yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan boʻlib, qolgan 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (“2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”) 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga muvofiq 2022-yilda foydalanishga topshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-oktyabrdagi 620-F-son farmoyishi qabul qilingan boʻlib, ushbu farmoyishga asosan 11 ta madaniyat markazlari va 2 ta teatr binolarini mukammal taʼmirlash boʻyicha pudratchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzildi.

Yil yakuniga qadar jami 19 ta obyektlarda, shundan, 14 ta madaniyat markazlari, 2 ta muzey va 3 ta teatr binolarida olib boriladigan taʼmirlash va jihozlash ishlari yakuniga yetkazildi.

55,7 mlrd. soʻm

Respublika byudjeti mablagʻlari

16 ta madaniyat markazi binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash;

7,9 mlrd. soʻm

10 ta muzey binosini mukammal taʼmirlash va jihozlash;

8,5 mlrd. soʻm

2 ta teatr binosini mukammal taʼmirlash va jihozlash hamda 1 ta teatr binosini jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

215.

Atoqli shoir va adiblar Abdulla Oripov, Oʻtkir Hoshimov, buyuk sanʼatkor Botir Zokirovning yubiley sanalarini nishonlash boʻyicha belgilangan tadbirlarni aholi, avvalambor, yoshlar xotirasida yorqin iz qoldiradigan darajada, chinakam adabiyot va sanʼat bayramlari sifatida oʻtkazish maqsadida “Abdulla Oripov izdoshlari”, “Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” koʻrik-tanlovlarini tashkil etish.

Yil davomida

Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Hamkor tashkilotlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Abdulla Oripov izdoshlari”, “Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” koʻrik-tanlovlari rejasini ishlab chiqish;

tanlovlarning tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini yuqori saviyada oʻtkazish;

tanlov gʻoliblarini munosib taqdirlash nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Atoqli shoir va adiblar Abdulla Oripov, Oʻtkir Hoshimovning yubiley sanalarini nishonlash boʻyicha vazirlik buyruqlari qabul qilindi.

Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan shoirlar va ijodkorlarni yubiley sanalarini yuqori saviyada nishonlash maqsadida vazirlikning 2021-yil23-martdagi 02-12-07-1534-sonli xati bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga Madaniyat vazirligi belgilangan tartibda amaliy yordam berishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2021-yil 25-yanvardagi “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” respublika koʻrik-tanlovi tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 30-sonli buyrugʻi qabul qilinib, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bagʻishlab “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” respublika koʻrik-tanlovi eʼlon qilindi.

Koʻrik-tanlov uch bosqichda tashkil etilib, Tuman-shahar bosqichlari joriy yilning4-25-fevral kunlari, viloyat bosqichlari 9-18-mart kunlari oʻtkazildi.

Respublika yakuniy saralash bosqichi joriy yilning 8-aprel kuni “Turkiston” sanʼat saroyida oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash va konsert dasturi joriy yilning
25-aprel kuni Madaniyat vazirligi binosining tashqi qismida, ochiq osmon ostida oʻtkazildi.

217.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan jurnalistika sohasida «Eng ulugʻ, eng aziz» koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2021-yil 20-avgust

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Tashkilotchilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan ushbu tanlovni “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasi ostida tashkil etish;

mazkur gʻoya aks etgan eng sara materiallar mualliflarini tantanali ravishda taqdirlash nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Eng ulugʻ, eng aziz”, Ranglar jilosida - ona diyor“, ”Vatan uchun yashaylik!" kabi koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazilishida Madaniyat vazirligi oʻz vakolati doirasida amaliy yordam berishga tayyor ekanligi toʻgʻrisida 2021-yil 16-apreldagi
02-12-07-2040-sonla xati orqali maʼlum qilindi.

218.

Madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini taʼminlash boʻyicha dastur qabul qilish.

2021-yil fevral

Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

barcha madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularning Milliy roʻyxatni qayta shakllantirish;

Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish;

davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish;

mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikni ishtirokini ragʻbatlantirish hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish ishlarini kuchaytirish;

chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini belgilash boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi 119-son qarori qabul qilindi.

219.

Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini oʻtkazish.

2021-yil 20-avgust

YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,

vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini oʻtkazish, shu jumladan mazkur tadbirni moliyalashtirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021-yilda Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi loyiha takliflari belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, kelishildi.

Shuningdek, mazkur masalada Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-martdagi 52-sonli bayoni tasdiqlandi.

Ushbu band va bayondagi berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida xalqaro anjuman konsepsiyasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda belgilangan tartibda YUNESKOning gumanitar va ijtimoiy fanlar boʻyicha Bosh direktor oʻrinbosari G. Romas bilan oʻtkazilgan muzokara natijasida kelishildi.

220.

Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasini tiklash va turizm namoyishi obyektlariga kiritish choralarini koʻrish.

2021-yil 1-iyun

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy byudjet mablagʻlari, tashabbuskorlar va homiylar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozalarning aniq belgilangan joylari, ularning koʻrinishi va tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish;

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan 12 ta darvozani tarixiy koʻrinishlari asosida qayta tiklash;

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan qayta tiklangan 12 ta darvozalarni turizm namoyishi obyektlariga kiritish va turistlarni jalb qilishga qaratilgan choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasida mavjud boʻlgan “Shayx Xovand at - Tohur” ziyoratgohini qadimgi darvozasini tiklash moʻljallangan loyihasi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengashida koʻrib chiqildi, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasida joylashgan “Shayx Xovand at - Tohur” ziyoratgohining qadimgi darvozasini tiklash boʻyicha “GULI SHARQ QURILISH” maʼsuliyati cheklangan jamiyat tomonidan tayyorlangan loyiha taklifi maʼlum shartlar bilan maʼqullandi. Toshkent shahridagi qolgan darvozalarni tiklashda oʻz vakolati doirasida hamkorlik qilishga tayyorligi yuzasidan Madaniy meros departamentining 2021-yil 25-maydagi 01-04/878-sonli xati bilan Toshkent shahar hokimligiga xat yuborilgan. Toshkent shahar hokimligi oʻz vakolat doirasida loyiha taklifi ishlab chiqib, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentiga taqdim etiladi va Ilmiy-ekspert Kengashida koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrining qadimiy
12 ta darvozasini tiklash va turizm namoyishi obyektlariga kiritish boʻyicha 2021-yil
31-maydagi 05/1-289-sonli chora tadbirlari qabul qilingan.

4.5. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish

232.

Oliy taʼlimning qamrovi va sifatini yanada oshirish, jumladan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini kamida 25 foizga oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga koʻpaytirib, 2 mingtaga yetkazish.

2021-yil 20-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Davlat byudjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2021/2022 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilishda davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;

2021/2022 oʻquv yili uchun qabul parametrlarini shakllantirishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun alohida davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini 2 barobarga koʻpaytirish (2 mingtaga yetkazish) nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarining 2021-2022 oʻquv yili uchun umumiy 2500 ta kvota shakllantirilib, vazirlikning 2021-yil 16-fevraldagi 05-12-10-771-sonli xati orqali yil Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga yuborildi.

238.

Respublikadagi 30 ta yetakchi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqini berish.

2021-yil 20-oktyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

akademik va moliyaviy mustaqillik beriladigan oliy taʼlim muassasalarini aniqlash;

amalda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalariga berilgan vakolatlar va huquqlarni qayta koʻrib chiqish;

oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash;

yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;

oʻquv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish;

2022-yil 1-yanvardan boshlab akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalari sonini 30 taga yetkazish nazarda tutiladi.

Bajarildi.

Respublikadagi 30 ta yetakchi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqini berish yuzasidan Madaniyat vazirligining 2021-yil 29-martdagi05-12-10-1680-sonli xati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuborildi.

239.

Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish.

Yil davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

 

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari, xorijiy hamkorlar grantlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Bajarildi.

Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarining takliflari belgilangan tartibda koʻrib chiqildi.

Jumladan: Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Zagir Ismagilov nomidagi Ufa davlat sanʼat instituti oʻrtasida xalqaro hamkorlik Dasturi tuzildi.

Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga axborot berildi.

15 000 mln. soʻm

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, shuningdek, Yevropa Ittifoqining taʼlim dasturlari doirasida hamkorlikni kengaytirish;

5 000 mln. soʻm

Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Hindiston davlatlarining yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan “mahorat darslari”, maʼruza oʻqish, qoʻshma nashrlar tayyorlash maqsadida taʼlim va ilm-fan almashinuvlarini amalga oshirish hamda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni kengaytirish nazarda tutiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash