Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv MFYda joylashgan “Bolalar bog‘i”ni rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshi

08 Feb, 2022 - 15:22
772
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv MFYda joylashgan “Bolalar bog‘i”ni rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshi

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

 

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv MFYda joylashgan “Bolalar bog‘i”ni rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

 

2021-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “BEST BUSINESS DREAM” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv MFYda joylashgan, “Bolalar bog‘i”ni yangidan rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i faoliyatini tashkil etish hamda ushbu hudud aholisi uchun zamon talabiga mos keladigan zamonaviy atraksionlardan iborat bo‘lgan madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bog‘da bolalar o‘yingohlari, zamonaviy atraksionlar, aholining madaniy xordiq chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, zamon talablariga mos ravishda eng so‘ngi texnologiyalardan foydalangan holda bog‘ tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-3892-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga asosan Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo’zsuv MFYda joylashgan “Bolalar bog‘i”nomli madaniyat va istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

 

 

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyha konsepsiyasi.

 

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlarni (Takliflarni) 2022-yil 24-mart kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shefchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash