Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar o‘rnatish va bog‘ni Tematik istirohat bog‘i ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga mazkur
11 Feb, 2022 - 12:52
1413
Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar o‘rnatish va bog‘ni Tematik istirohat bog‘i ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi
2022-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga investor “BOBURXON BAXT-BARAKA” OK tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, A.Temur ko‘chasida, Madaniyat va istirohat bog‘ini qayta rekonstruksiya qilib, Tematik madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish, hamda ushbu hudud aholisi uchun bog‘da zamonaviy attraksionlar o‘rnatilib, madaniy va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatishni ko‘zda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 30-son qaroriga asosan Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, A.Temur ko‘chasida, Masdaniyat va istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kun muddatda eʼlonga joylashtiriladi.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.
Loyha konsepsiyasi.
Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlarni (Takliflarni) 2022-yil 27 mart kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shefchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).
“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.